Og'ir atletikachi Tursunoy Jabborova Osiyo chempionatida bronza medaliga sazovor bo'ldi
May 14, 2025. 19:59 • 30 soniya
• 21
TOSHKENT, 14-may. /"Dunyo" AA/. Xitoyning Jiangshan shahrida og'ir atletika bo'yicha kattalar o'rtasida Osiyo chempionati yakuniga ketib bormoqda, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Milliy Olimpiya qo'mitasi ma'lumotiga ko'ra, biroz avval ayollar o'rtasida -87 kg vazn toifasida bahslar o'tkazildi.
E'tiborlisi, ushbu vaznda yurtimiz sharafini himoya qilgan Tursunoy Jabborova dast ko'tarishda 108 kg natija qayd etib, bronza medalga sazovor bo'ldi.
Afsuski, Tursunoy siltab ko'tarish va umumiy hisobda biroz omad yetishmadi va u yakunda sakkizinchi pog'onadan joy oldi. Shuningdek, ushbu vaznda qatnashgan yana bir vakilimiz Nigora Suvonova oltinchi natijani qayd etdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Rossiya OAV: O‘zbekistonlik shaxmatchi jahon kubogining eng yosh g‘olibiga aylandi
O'zbekiston Milliy paralimpiya terma jamoasi xalqaro turnirda munosib ishtirok etdi