O'zbekistonlik qilichboz qizlar Osiyo chempionatida bronza medalini qo'lga kiritishdi
Iyun 22, 2025. 11:42 • 23 soniya
• 68
TOSHKENT, 22-iyun. /"Dunyo" AA/. Indoneziyaning Bali shahrida o'tkazilayotgan qilichbozlik bo'yicha Osiyo chempionatida O'zbekiston ayollar terma jamoasi sablya yo'nalishida bronza medalini qo'lga kiritdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Milliy Olimpiya qo'mitasi ma'lumotiga ko'ra, saralash bahslarida Xitoy Taipeyi, Gonkong jamoalarini mag'lub etgan qizlarimiz yarim finalda Janubiy Koreyaga 42:45 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Uchinchi o'rin uchun bahsda esa xitoylik raqibalaridan 45:43 hisobida ustun kelishdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Rossiya OAV: O‘zbekistonlik shaxmatchi jahon kubogining eng yosh g‘olibiga aylandi
O'zbekiston Milliy paralimpiya terma jamoasi xalqaro turnirda munosib ishtirok etdi