Logo

Erkin kurash bo'yicha O'zbekiston U-15 terma jamoasi Osiyo chempionatini kuchli uchlikda yakunladi

Iyul 08, 2025. 15:18 • 42 soniya

65
Erkin kurash bo'yicha O'zbekiston U-15 terma jamoasi Osiyo chempionatini kuchli uchlikda yakunladi

TOSHKENT, 8-iyul. /"Dunyo" AA/. Qirg'izistonda sport kurashlari bo'yicha U-15 yosh toifasidagi qit'a birinchiligi nihoyasiga yetdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Milliy Olimpiya qo'mitasi ma'lumotiga ko'ra, kecha erkin kurash bo'yicha bellashuvlar o'tkazildi. Unda O'zbekiston terma jamoasi a'zolari 2 tadan oltin, kumush va bronza medallariga ega chiqishdi.


Jumladan, -38 kg vazn toifasida Asomiddin Badriddinov, -75 kg vaznda Abduqodir Sarsenbayev oltin medalni qo'lga kiritishdi.


Behzodbek Ibrohimov (-52 kg) va Muhammadali Mo'ydinov -68 kg) kumush medal sovrindorlari bo'lishdi.


-48 kg vazn toifasida Yosinali Siddiqov va -57 kg vaznda Ismoiljon Nazirjonov bronza medaliga sazovor bo'ldi.


Musobaqa yakuniga ko'ra, vakillarimiz umumjamoa hisobida Hindiston va Yaponiya terma jamoalariga imkoniyatni boy berib, uchinchi o'rinni egalladi.


Ertadan boshlab ushbu shaharda 20 yoshgacha bo'lgan yosh toifasida musobaqalar boshlanadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish