O'zbekiston terma jamoasi baydarka va kanoeda eshkak eshish bo'yicha Osiyo chempionatida umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egalladi
Iyun 17, 2025. 20:55 • 28 soniya
• 534
TOSHKENT, 18-iyun. /"Dunyo" AA/. Tailandning Pattaya shahrida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo'yicha 18 va 23 yoshli sportchilar o'rtasidagi Osiyo chempionati o'tkazildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Milliy Olimpiya qo'mitasi ma'lumotiga ko'ra, musobaqada yurtimiz sharafini 28 ta sportchimiz munosib himoya qildi.
Chempionat yakunida O'zbekiston terma jamoasi 17 ta oltin, 11 ta kumush va 6 ta bronza, jami 34 ta medal bilan har ikki yo'nalishda umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egalladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Rossiya OAV: O‘zbekistonlik shaxmatchi jahon kubogining eng yosh g‘olibiga aylandi
O'zbekiston Milliy paralimpiya terma jamoasi xalqaro turnirda munosib ishtirok etdi