Logo

Bugun 6 nafar bokschimiz Polshada o'tayotgan Jahon kubogida final yo'llanmasi uchun jang qiladi

May 15, 2025. 19:15 • 53 soniya

47
Bugun 6 nafar bokschimiz Polshada o'tayotgan Jahon kubogida final yo'llanmasi uchun jang qiladi

TOSHKENT, 15-may. /"Dunyo" AA/. Polshada o'tkazilayotgan boks bo'yicha Jahon kubogining ortda qolgan kunini O'zbekiston terma jamoasi muvaffaqiyatli o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Milliy Olimpiya qo'mitasi ma'lumotiga ko'ra, janglarda barcha bokschilarimiz raqiblarini katta ustunlik bilan mag'lub etishga erishdi. Olimpiada chempioni Asadxo'ja Mo'ydinxo'jayev germaniyalik raqibini 1-raunddayoq nokautga uchratdi.

Qo'yida vakillarimiz qayd etgan natijalar bilan tanishing:

-55 kg: Mirazizbek Mirzahalilov - Kori Jons (Uels) 5:0;

-65 kg: Asadxo'ja Mo'ydinxo'jayev - Osanou Xansen (Germaniya) 1-raundda texnik nokaut;

-75 kg: Fazliddin Erkinboyev - Kau Belini (Braziliya) 5:0;

-80 kg: Javohir Ummataliyev - Uilyam Cholov (Bolgariya) 5:0;

-85 kg: Akmaljon Isroilov - Samet Ersoy (Turkiya) 5:0.

Bugun 6 nafar hamyurtimiz yarim final janglarini o'tkazadi.

Jumladan, -55 kg vazdan Mirazizbek Mirzahalilov Lunda Gantumurga (Mo'g'iliston), -65 kg vaznda Asadxo'ja Mo'ydinxo'jayev Mishelt Battumurga (Mo'g'iliston), -57 kg vaznda Xumorabonu Mamajonova Esra Yildizga (Turkiya), -60 kg vaznda Samandar Olimov Mikele Baldassiga (Italiya), -70 kg vaznda G'ofurjon Tohirov Sezariy Znamesga (Polsha) va -75 kg og'irlikda Fazliddin Erkinboyev Kayl Shov-Tullinga (Angliya) qarshi ringga ko'tariladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish