Logo

Toshkent stol tennisi bo'yicha Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi

Iyun 16, 2025. 20:55 • 24 soniya

590
Toshkent stol tennisi bo'yicha Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi

TOSHKENT, 16-iyun. /"Dunyo" AA/. Joriy yilning 26 iyun – 2 iyul kunlari Toshkent shahrida U-15 va U-19 yoshli sportchilar o'rtasidagi Osiyo chempionati bo'lib o'tadi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Milliy Olimpiya qo'mitasi ma'lumotiga ko'ra, ushbu turnirda O'zbekiston, Xitoy, Yaponiya, Koreya Respublikasi, Hindiston, Eron, Qozog'iston kabi 22 davlatdan 400 nafardan ortiq yosh stol tennisi ustalari bahs olib boradi.

Hozirda yurtimiz sportchilari ham bo'lajak bahslarga qizg'in hozirlik ko'rmoqda.

Bahslar poytaxtimizdagi "Humo arena"da tashkil etiladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish