O'zbekiston gimnastikachilari Fransiyadagi turnirni 1 ta oltin va 1 ta bronza medali bilan yakunladi
Aprel 02, 2024. 09:22 • 1 daq
• 163
TOSHKENT, 2-aprel. /"Dunyo" AA/. Fransiyaning Tye shahrida badiiy gimnastika bo'yicha Gran-pri turniri yakunlandi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Milliy Olimpiya qo'mitasi ma'lumotiga ko'ra, musobaqaning ikkinchi kunida sportchilarimiz guruh mashqi dasturida bronza medaliga sazovor bo'lishdi.
Hamyurtlarimiz 3 ta tasma va 2 ta to'pda bajarilgan mashqda 30.550 ball jamg'arib, shosupaning uchinchi pog'onasidan joy olishdi. Jamoa tarkibida Mumtoza Is'hoqzoda, Shahzoda Ibragimova, Iroda Sodiqova, Evelina Atalyans, Amaliya Mamedova ishtirok etdi. Ushbu yo'nalishda oltin medal mezbonlarga nasib etgan bo'lsa, meksikalik gimnastikachilar kumush medallar bilan taqdirlanishdi.
Shu tariqa, jamoamiz musobaqani 1 ta oltin va 1 ta bronza medali bilan yakunladi.
Eslatib o'tamiz, birinchi kun doirasida Taxmina Ikromova yakkalik dasturining ko'pkurash yo'nalishida oltin medal bilan taqdirlangan edi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi