O'zbekistonlik dzyudochi yozgi Olimpiya o'yinlari sovrindorini mag'lub etib, "Katta dubulg'a" chempioni bo'ldi
Iyul 27, 2025. 10:45 • 26 soniya
• 133
TOSHKENT, 27-iyul. /"Dunyo" AA/. Mo'g'uliston poytaxti Ulan-Bator shahrida dzyudo bo'yicha "Katta dubulg'a" musobaqasi boshlandi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Milliy Olimpiya qo'mitasi ma'lumotiga ko'ra, unda ishtirok etayotgan O'zbekiston terma jamoasi hisobiga dastlabki kunning o'zida oltin medal yozildi.
-66 kg vazn toifasida qatnashgan yurtdoshimiz Abdurahim Nutfulloyev barcha raqiblarini mag'lub etib, musobaqa chempioniga aylandi.
Qayd etish joizki, Abdurahim final bellashuvida "Parij-2024" yozgi Olimpiya o'yinlari sovrindori, moldovalik Denis Viyeruni mag'lubiyatga uchratdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Rossiya OAV: O‘zbekistonlik shaxmatchi jahon kubogining eng yosh g‘olibiga aylandi
O'zbekiston Milliy paralimpiya terma jamoasi xalqaro turnirda munosib ishtirok etdi