24-iyul – 3-avgust kunlari Toshkentda voleybol bo'yicha jahon chempionati bo'lib o'tadi
Iyul 15, 2025. 17:12 • 41 soniya
• 235
TOSHKENT, 15-iyul. /"Dunyo" AA/. Shu yilning 24-iyul – 3-avgust kunlari poytaxtimiz voleybol bo'yicha yigitlar o'rtasida U-19 yosh toifasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qiladi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Milliy Olimpiya qo'mitasi ma'lumotiga ko'ra, mamlakatimizda ushbu sport turida ilk bor tashkil etiladigan mazkur musobaqada dunyoning eng kuchli 24 jamoasi g'oliblik uchun bellashadi.
Bellashuvlar "Yunusobod" sport majmuasi hamda O'zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining zallarida tashkil etiladi. "A" guruhidan o'rin olgan O'zbekiston terma jamoasi pley-off bosqichi yo'llanmasi uchun Belgiya, Argentina, Puerto-Riko, Turkiya va Pokiston jamoalariga qarshi bahs olib boradi.
O'zbekiston terma jamoasining guruh bosqichidagi taqvimi quyidagicha:
1-tur: O'zbekiston – Turkiya (24-iyul);
2-tur: O'zbekiston – Pokiston (25-iyul);
3-tur: O'zbekiston – Puerto-Riko (26-iyul);
4-tur: O'zbekiston – Argentina (28-iyul);
5-tur: O'zbekiston – Belgiya (29-iyul).
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Rossiya OAV: O‘zbekistonlik shaxmatchi jahon kubogining eng yosh g‘olibiga aylandi
O'zbekiston Milliy paralimpiya terma jamoasi xalqaro turnirda munosib ishtirok etdi