Toshkentda stol tennisi bo'yicha Osiyo chempionati yakunlandi
Iyul 03, 2025. 11:35 • 27 soniya
• 62
TOSHKENT, 3-iyul. /"Dunyo" AA/. Kecha poytaxtimizda bo'lib o'tgan stol tennisi bo'yicha U-15 va U-19 yosh toifalaridagi Osiyo chempionati o'z yakuniga yetdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Milliy Olimpiya qo'mitasi ma'lumotiga ko'ra, mazkur musobaqada qit'amizning 22 mamlakatidan 400 nafardan ortiq sportchi g'oliblik uchun bahs olib bordi.
Kecha final bellashuvlaridan keyin musobaqa g'olib va sovrindorlari taqdirlandi. Ushbu tadbirda O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi rahbariyati ishtirok etdi.
Qayd etish joiz, mamlakatimiz stol tennisi olamida ilk bor bunday nufuzli turnirga mezbonlik qildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Rossiya OAV: O‘zbekistonlik shaxmatchi jahon kubogining eng yosh g‘olibiga aylandi
O'zbekiston Milliy paralimpiya terma jamoasi xalqaro turnirda munosib ishtirok etdi