O'zbekiston 2025-yilgi " FIDE Grand Swiss" turniriga mezbonlik qiladi
Iyul 10, 2025. 15:44 • 2 daq
• 141
TOSHKENT, 10-iyul. /"Dunyo" AA/. Joriy yilning 3-16-sentyabr kunlari Samarqand shahrida erkaklar va ayollar o'rtasida "FIDE Grand Swiss-2025" turniri bo'lib o'tadi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Xalqaro shaxmat federatsiyasi ma'lumotiga ko'ra, ushbu nufuzli musobaqa boy shaxmat merosiga ega, jahon shaxmat hamjamiyatida ta'siri tez o'sib borayotgan O'zbekistonda ilk bor o'tkazilishi bilan dunyo e'tiboridagi tadbir hisoblanadi.
"FIDE Grand Swiss" xalqaro shaxmat taqvimidagi asosiy musobaqalardan biri bo'lib, sportchilarga jahon toji da'vogarlari turnirlariga ishtirok etish uchun to'g'ridan-to'g'ri yo'l ochadi. Jumladan, mazkur musobaqa yakunlariga ko'ra, eng yaxshi ikki shaxmatchi 2026-yilgi jahon toji uchun kechadigan turnirga yo'llanma oladi.
Turnirning mukofot jamg'armasi 625 ming AQSh dollarga ko'tarildi. Bu, avvalgi turnirlarga nisbatan 36 foizga oshganidan dalolat. Ayollar mukofot jamg'armasi esa 140 ming dollardan 230 ming dollarga, ya'ni 64 foizga oshirildi. Shveysarcha tizimda o'tkaziladi ikkala turnir ham 11 raunddan iborat. Unda dona suradigan ishtirokchilar soni 172 nafarni tashkil etishi kutilmoqda.
Unda qatnashadigan 116 nafar ishtirokchidan 101 nafari reyting bo'yicha tanlab olinadi, qolgan o'rinlar qit'a vakillari, FIDE maxsus taklifnomasi asosida va mahalliy tashkilotchi o'rtasida taqsimlanadi.
Musobaqa kuchlilari orasida hindistonlik yosh grossmeysterlar Arjun Erigaysi (21 yosh) va o'smirlar o'rtasidagi jahon chempioni Gukesh Dommaraju (19 yosh) birinchi va ikkinchi o'rinni egallab turibdi. Hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov (20 yosh) uchinchi o'rinda qayd etilgan. Kuchli beshlikni Pragnanandxa Rameshbabu (19 yosh) va Alirizo Firuzja (22 yosh) yakunlagan.
Kuchli o'ntalikning qolgan qismini esa yana-da tajribali grossmeysterlar – ikki marotaba jahon chempionligiga da'vogarlik qilgan Yan Nepomnyashiy, Anish Giri, Shahriyor Mamedyarov, Levon Aronyan va Vladimir Fedoseyev band etgan.
Kengaytirilgan yoshlar guruhiga dunyoning TOP-20 reytingiga kiruvchi Hans Niyemann (22 yosh), Vinsent Kaymer (20 yosh), Javohir Sindarov (19 yosh), Nihal Sarin (20 yosh) va Evonder Lyan (22 yosh) kiritilgan.
Maxsus taklifnoma asosida jahon chempionligiga sobiq da'vogar Boris Gelfand va ayollar o'rtasida chempionlikka sobiq da'vogar Aleksandra Goryachkina turnirda ishtirok etishi kutilmoqda.
2024-yil iyuldan 2025-yil iyungacha kamida 30 ta klassik shaxmat partiyasini o'ynashni talab qilinadigan qoida tufayli, bir qator mashhur shaxmatchilar, jumladan, ikki nafar sobiq jahon chempioni Magnus Karlsen va Vishvanatan Anand, shuningdek, avvalgi "FIDE Grand Swiss" ishtirokchilari Le Kuang Lyem va Piter Svidlerni ro'yxatdan chiqarildi.
Jahon chempioni Din Lijen reyting bo'yicha yo'llanma olganiga qaramay, turnirda qatnashmaydi. Avvalgi uchta "FIDE Grand Swiss" musobaqasida qatnashgan Fabiano Karuana ham Samarqandga kelmasligi ma'lum bo'ldi. Chunki u allaqachon "FIDE Circuit 2024" musobaqasida g'olib chiqib, 2026-yilgi jahon toji da'vogarlari turniriga yo'llanmani qo'lga kiritgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Rossiya OAV: O‘zbekistonlik shaxmatchi jahon kubogining eng yosh g‘olibiga aylandi
O'zbekiston Milliy paralimpiya terma jamoasi xalqaro turnirda munosib ishtirok etdi