Logo

O'zbekistonlik yosh sport kurashchilari Osiyo chempionatida 1 ta oltin va 4 ta bronza medallarini qo'lga kiritishdi

Iyun 26, 2025. 17:50 • 32 soniya

63
O'zbekistonlik yosh sport kurashchilari Osiyo chempionatida 1 ta oltin va 4 ta bronza medallarini qo'lga kiritishdi

TOSHKENT, 26-iyun. /"Dunyo" AA/. Vyetnamda sport kurashlari bo'yicha U-17 yosh toifasidagi Osiyo chempionati o'z yakuniga yetib bormoqda, deb xabar qilyapti "Dunyo" AA muxbiri.

Milliy Olimpiya qo'mitasi ma'lumotiga ko'ra, ortda qolgan kun O'zbekiston terma jamoasi a'zolari 1 ta oltin va 4 ta bronza medallariga ega chiqishdi.


Jumladan, -80 kg vazn toifasida Bunyod Rufatov oltin medalni qo'lga kiritdi. - 65 kg vazn toifasida Shohiddin Aliyev, - 71 kg vaznda Farruhbek Jumanazarov, - 43 kg vazn toifasida Muxlisa Masharipova, -73 kg vaznda Dilrabo Dulliyeva bronza medallariga sazovor bo'lishdi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish