Logo

Toshkentning "Bunyodkor" klubi akademiyasi tarbiyalanuvchilari Qozog'istonda o'tkazilgan xalqaro turnirda birinchi o'rinni egalladi

Avgust 26, 2025. 16:31 • 39 soniya

185
Toshkentning "Bunyodkor" klubi akademiyasi tarbiyalanuvchilari Qozog'istonda o'tkazilgan xalqaro turnirda birinchi o'rinni egalladi

OQTOV, 26-avgust. /"Dunyo"AA/. Joriy yilning 20-24-avgust kunlari Qozog'istonning Oqtov shahrida "Turan cup-2025" xalqaro futbol turniri bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Mazkur turnirda O'zbekistonning "Bunyodkor" va "Paxtakor", Ozarbayjonning "Qorabog'", Turkiyaning "Fenerbaxchi" va "Rezaspor", Qozog'istonning "Qayrat" va "Kaspiy" futbol klublari akademiyalari tarbiyalanuvchilari va Qirg'iziston o'smirlar terma jamoasi qatnashdi.

O'zbekistonlik yosh futbolchilar ko'rsatgan o'yin muxlislarning yuksak e'tirofiga sazovor bo'ldi.

Turnirning hal qiluvchi final uchrashuviga O'zbekistonning ikki nomdor jamoasi "Bunyodkor" va "Paxtakor" futbol klublari akademiyalari ro'baro' kelgani o'zbekistonlik yosh futbolchilarning yuksak mahoratidan dalolat beradi.

Hal qiluvchi bas'hda "Bunyodkor" akademiyasi futbolchilari "Paxtakor"ni mag'lub etib, turnir kubogini boshi uzra baland ko'tardi. "Paxtakor" yoshlariga esa kumush medallari nasib etdi. Musobaqaning bronza medallarini Turkiyaning "Fenerbaxchi" jamoasi qo'lga kiritdi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish