Logo

O'zbekiston og'ir atletikachilari Perudagi jahon chempionatida dastlabki oltin medallarni qo'lga kiritdi

May 05, 2025. 14:18 • 40 soniya

50
O'zbekiston og'ir atletikachilari Perudagi jahon chempionatida dastlabki oltin medallarni qo'lga kiritdi

TOSHKENT, 5-may. /"Dunyo" AA/. Peruda o'tayotgan og'ir atletika bo'yicha o'smirlar va yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatida O'zbekiston terma jamoasi vakillari dastlabki oltin medallariga ega chiqdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Milliy Olimpiya qo'mitasi ma'lumotiga ko'ra, o'smirlar o'rtasida kechgan bellashuvlarda Mohinur Esonboyeva (+81 kg) va Alisher Osmanov (-102 kg) 3 ta oltin medalga sazovor bo'lishdi. Mohinur siltab ko'tarish va ikki kurash, Alisher esa dast ko'tarish mashqida tengsiz ekanliklarini ko'rsatishdi.

Oltin medal:

+81 kg: Mohinur Esonboyeva (o'smirlar, siltab ko'tarish);

+81 kg: Mohinur Esonboyeva (o'smirlar, ikki kurash).

-102 kg: Alisher Osmanov (o'smirlar, dast ko'tarish).

 Kumush medal:

+81 kg: Mohinur Esonboyeva (o'smirlar, dast ko'tarish).

-102 kg: Alisher Osmanov (o'smirlar, siltab ko'tarish);

-102 kg: Alisher Osmanov (o'smirlar, ikki kurash).

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish