Logo

O'zbekiston diplomatlari Rossiyaning Yelabuga vа Nijnekamsk shaharlarida faoliyat yuritayotgan hamyurtlarimiz bilan uchrashuvlar o'tkazdi

Noyabr 04, 2025. 17:58 • 52 soniya

40
O'zbekiston diplomatlari Rossiyaning Yelabuga vа Nijnekamsk shaharlarida faoliyat yuritayotgan hamyurtlarimiz bilan uchrashuvlar o'tkazdi

QOZON, 4-noyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxona tomonidan Tatariston Respublikasida mehnat faoliyatini olib borayotgan va bu yerdagi ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar bilan uchrashuvlar o'tkazildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Uchrashuvlarga Nijnekamsk shahrida joylashgan "Sibur xolding" MJChga qarashli qurilish obyektlarida mehnat qilayotgan yurtdoshlarimiz va Qozon (Volgabo'yi) federal universiteti Yelabuga filialining 1-bosqichida tahsil olayotgan talabalar taklif etildi.

Tadbirlarda Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi diplomatlari Nijnekamsk shahrida joylashgan "Sibur xolding" MJChga qarashli qurish obyektlarida 2 ming nafarga yaqin O'zbekiston fuqarosi vaqtincha mehnat faoliyatini olib borayotgani haqida to'xtalib o'tdi.

Uchrashuvlar davomida Rossiyada vaqtincha mehnat faoliyatini olib boruvchi hamyurtlarimiz va talabalarga Bosh konsulxona diplomatlari tomonidan, ko'rsatilayotgan konsullik xizmatlari, huquqiy yordam va maslahatlari to'g'risida ma'lumot berildi.

Shuningdek, suhbat jarayonida yurtdoshlarimizni qiynayotgan muammolar tinglandi, ayni paytdagi mavjud kamchiliklar, hal etilishi lozim bo'lgan ishlar haqida fikr-mulohaza almashildi.

Vatandoshlarga chet davlatda mehnat faoliyati bilan shug'ullanish jarayonida tegishli me'yoriy-huquqiy hujjatlarni o'z vaqtida rasmiylashtirish, va qonunbuzarlikka

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish