O'zbekiston diplomatlari Sankt-Peterburg shahrida ishlayotgan vatandoshlar bilan uchrashdilar
Aprel 24, 2025. 12:37 • 51 soniya
• 53
SANKT-PETERBURG, 24-aprel. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari "King fish" korxonasida vaqtincha ishlayotgan hamyurtlarimiz bilan uchrashdilar, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muloqot chog'ida so'nggi yillarda mamlakatimizda aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, ularning bandligini ta'minlash shuningdek xorijiy davlatlarda band aholining har tomonlama qo'llab-quvvatlash borasida bir qator ishlar amalga oshirilayotgani ta'kidlandi. Yurtimizda migratsiya masalasi davlat siyosati darajasiga ko'tarilib, migrantlar huquqi va manfaatini himoya qilish, ularni qo'llab-quvvatlashga alohida e'tibor qaratila boshlandi. Xususan, oxirgi sakkiz yilda xorijda ishlayotgan fuqarolarga nisbatan munosabat tubdan o'zgarib, mehnat migrantlari bilan muloqot o'rnatilgani, ularning muammo va ehtiyojlarini o'rganish hamda hal qilish bo'yicha yangi tizim joriy qilingani qayd etildi.
Qayd etilganidek, O'zbekiston Prezidentning "Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish jarayonlarini tartibga solish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarori bu borada muhim huquqiy asos bo'lib xizmat qilmoqda.
Shuningdek, ishtirokchilarga konsullik xizmatlari to'g'risida ma'lumot berildi. Rossiya hududida qonuniy ishlash huquqini beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish zarurati va tartiblari tushuntirildi.
Tadbir yakunda hamyurtlarimiz o'zlarini qiziqtirgan savollarga diplomatlardan atroflicha javob oldilar.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Xorvatiya va Serbiyada bo‘lib turgan yoki ketayotgan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga!
Bokuda qiyin ahvolga tushib qolgan yurtdoshimiz vatanga qaytarildi