O'zbekiston TIV delegatsiyasi Turkiyada mahalliy ish beruvchilar bilan uchrashuv o'tkazdi
Noyabr 02, 2025. 15:23 • 2 daq
• 156
ANQARA, 2-noyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligi delegatsiyasi Turkiyaga tashrifi doirasida mahalliy ish beruvchilar bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Mazkur uchrashuvda "KSK Temizlik Turizm ve Organizasyon Tic L.Ş.", "Angora Ahşap Alüminyum PVC İmalat İnşaat Sanayi ve Ticaret Anonim Şirketi", "Law Ads Turizm Danışmanlık Ltd.Şti", "Mos İnsan Kaynakları İşkur Özel İstihdam Bürosu", "Hazal Grup İnsan Kaynakları İŞKUR Özel İstihdam Bürosu", "İbn-i Sina Özel İstihdam bürosu", "Nova Sağlik Danışmanlık" kabi xususiy bandlik agentliklari mas'ullari ishtirok etdi.
Ishtirokchilar Turkiyada O'zbekiston fuqarolarining qonuniy bandligini ta'minlash, noqonuniy mehnat migratsiyasining oldini olish, bandlik sohasida o'zaro tajriba almashish, Turkiyada mavjud bo'sh ish o'rinlariga O'zbekiston fuqarolarini uyushgan holda ishga tanlash va joylashtirish masalalarini muhokama qildilar.
Delegatsiya a'zolari mahalliy ish beruvchilarga mamlakatimizning ishchi kuchi salohiyati, yurtimizda migratsiya jarayonlarini tartibga solish, xavfsiz va tartibli mehnat sharoitini yaratish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar xususida ma'lumot berdi.
Turkiyadagi xususiy bandlik agentliklari tomonidan qurilish, ishlab chiqarish, uy xizmatlari, servis va turizm yo'nalishlari bo'yicha 2000 dan ortiq bo'sh ish o'rinlari mavjudligi ta'kidlandi. Xususan, Antalya shahrida faoliyat yurituvchi "Mos İnsan Kaynakları İşkur Özel İstihdam Bürosu" mas'ullari hududdagi 10 dan ortiq mehmonxonalarga 500–1000 nafar O'zbekiston fuqarolarini mavsumiy ishlarga jalb qilish imkoniyati mavjudligini bildirib o'tdi.
Shuningdek, O'zbekiston fuqarolarini ishga tanlash va joylashtirish jarayoni bilan bog'liq mavjud kamchiliklar xususida ham fikr-mulohaza almashildi. Ish beruvchilar bilan ushbu muammolarni qisqa fursatda bartaraf etish bo'yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Bokuda qiyin ahvolga tushib qolgan yurtdoshimiz vatanga qaytarildi
Sankt-Peterburgda vatandoshlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha memorandum imzolandi