Logo

O'zbekiston va Rossiya migratsiya jarayonlarini tartibga solish masalalarini muhokama qilmoqda

Aprel 18, 2025. 15:14 • 2 daq

389
O'zbekiston va Rossiya migratsiya jarayonlarini tartibga solish masalalarini muhokama qilmoqda

TOSHKENT, 18-oktyabr. /"Dunyo" AA/. Tashqi ishlar vazirligida  O'zbekiston TIV, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi va Rossiyaning mamlakatimizdagi elchixonasi vakillaridan iborat ikki tomonlama ishchi guruhning navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Uchrashuv O'zbekiston Prezidentining 2024-yil 17-oktyabrdagi "Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish jarayonlarini tartibga solish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarori ijrosi doirasida tashkil etildi.

 Muloqot davomida Rossiya oliy o'quv yurtlarining Toshkent shahridagi filiallarida migratsiya tartib-taomillari, tibbiy ko'riklar va rus tili imtihonlarini O'zbekistonga o'tkazish, "Pasport-viza xizmati" davlat unitar korxonasining va "Saxarova" ko'p tarmoqli migratsiya markazining Toshkent shahridagi vakolatxonalari faoliyatini tiklash masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, til imtihonlarini topshirishga tayyorgarlik ko'rish markazlarini ochish, rus tili, Rossiya tarixi va qonunchiligi bo'yicha kurslar tashkil etish, O'zbekistonda tibbiy ko'rik va test o'tkazish uchun ixtisoslashtirilgan tibbiyot klinikasini ochish va boshqalar ko'rib chiqildi.

Rossiya tomoni O'zbekiston Ichki ishlar vazirligining "Pasport-viza xizmati" davlat unitar korxonasining Toshkent shahridagi vakolatxonasi faoliyatini qayta boshlash haqidagi so'rovini ijobiy ko'rib chiqishga tayyorligini tasdiqladi.

Tomonlar ishchi guruhning navbatdagi yig'ilishida Sog'liqni saqlash vazirligi vakillarini, shuningdek, "Saxarova" ko'p tarmoqli migratsiya markazining Toshkentdagi vakolatxonasi xodimlari jalb etish zarurligi to'g'risida kelishib oldilar.

Bundan tashqari, yuqorida muhokama qilingan masalalarni 27-30-aprel kunlari Moskva shahrida o'tkazilishi rejalashtirilgan O'zbekiston-Rossiya idoralararo ishchi guruhi yig'ilishi kun tartibiga kiritish taklifi qo'llab-quvvatlandi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish