Avstriyada o‘zbek mutaxassislari uchun yangi ish o‘rinlari muhokama qilindi
May 08, 2026. 16:56 • 2 daq
• 525
VENA, 10-may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi Baxtiyor Ibragimov Avstriyaning Burgenland federal o‘lkasi Qishloq xo‘jaligi palatasi prezidenti Nikolaus Berlakovich hamda “LANSKY, GANZGER, GOETH + Partner” (LGP) xalqaro yuridik firmasi vakili Klaus Vyolfer bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Suhbat chog‘ida Avstriya qishloq xo‘jaligi sohasiga O‘zbekistondan malakali ishchilarni jalb qilish masalalari muhokama qilindi. Ayniqsa, meva-sabzavotchilik, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va vinochilik sohalarida o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun ish o‘rinlari yaratish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Nikolaus Berlakovich Avstriya O‘zbekiston bilan bu yo‘nalishda amaliy hamkorlikni kengaytirishga qiziqish bildirganini taʼkidladi. Shuningdek, u O‘zbekistonda sut mahsulotlari ishlab chiqarish tajribasi, xususan, Avstriyadan keltirilgan qoramollarni parvarishlash va ko‘paytirish usullarini o‘rganish istagini bildirdi.
Uchrashuv yakunida tomonlar agrar sohada hamkorlikni yana-da rivojlantirish, malakali kadrlar tayyorlash va ularni Avstriya qishloq xo‘jaligi tarmoqlariga jalb etish bo‘yicha muloqotni davom ettirishga kelishib oldi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid

O‘zbekiston diplomatlari Sverdlovsk viloyatidagi mehnat muhojirlari bilan muloqot qildi



