Logo

Rossiyaning Tyumen viloyatida vaqtincha ishlayotgan uch nafar vatandoshimizning ish haqi undirib berildi

Sentabr 29, 2025. 12:11 • 30 soniya

114
Rossiyaning Tyumen viloyatida vaqtincha ishlayotgan uch nafar vatandoshimizning ish haqi undirib berildi

TYUMEN, 29-sentyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari ko'magida Rossiyaning Tyumen viloyatida mushkul ahvolda qolgan hamyurtlarimizga amaliy yordam ko'rsatildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Diplomatik vakolatxonadan olingan ma'lumotga ko'ra, vatandoshlarimiz E.O., I.D. va S.O. Bosh konsulxonaga qilgan murojaatida Tyumen viloyatidagi korxonada ishlayotgan davri uchun oylik maoshlari to'lab berilmayotganini ma'lum qilgan va to'lovlarni undirishda amaliy yordam so'ragan.

Korxona rahbari bilan olib borilgan muloqotlar natijasida, haqiqatdan ham ikki nafar yurtdoshimizning oylik maoshi to'lanmagani va fuqarolik pasporti olib qo'yilgani ma'lum bo'ldi.

Muzokaralar natijasida hamyurtlarimizning murojaatlari ijobiy hal etish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Jumladan, O'zbekiston fuqarolarining pasportlari qaytarib berildi hamda ularning ikki oylik maoshlari to'landi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish