Logo

O'zbekiston diplomatlari Minskdagi "MAZ" zavodida ishlayotgan hamyurtlarimiz bilan uchrashdi

Sentabr 11, 2025. 17:17 • 23 soniya

70
O'zbekiston diplomatlari Minskdagi "MAZ" zavodida ishlayotgan hamyurtlarimiz bilan uchrashdi

MINSK, 12-sentyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchixonasi xodimlari Belarus poytaxtidagi "MAZ" ochiq aksiyadorlik jamiyatida ishlayotgan vatandoshlar bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Elchixona vakillari vatandoshlarimizning ish faoliyati bilan yaqindan tanishib, ularlarni qiziqtirgan savollarga javob berishdi. Shuningdek, Belarusda bo'lish tartibi, mezbon mamlakat qonunchiligiga rioya etish kabi huquqiy masalalarda tegishli tavsiyalar bildirildi.


Zavod mutasaddilari bilan O'zbekistondan qo'shimcha ishchi kuchini jalb qilish yuzasidan fikr almashildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish