Latviyaning Yelgava shahrida vaqtincha ishlayotgan yurtdoshlarimiz holidan xabar olindi
Iyul 27, 2025. 12:24 • 31 soniya
• 69
YELGAVA, 27-iyul. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston diplomatlari Latviyaning Yelgava shahriga safar davomida ushbu hududdagi "Asmens & Ko" kompaniyasida vaqtincha ishlayotgan hamyurtlarimiz bilan uchrashdilar, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Diplomatlar dastlab vatandoshlarimizning fuqarolik va mehnat huquqlarini ta'minlash, shartnoma asosida ishga qabul qilish tartiblari, maoshlar, tibbiy xizmat va turar joy bilan ta'minlanganlik holatlarini o'rgandilar.
Mehnat migrantlari bilan muloqot chog'ida O'zbekiston hukumati tomonidan xorijdagi yurtdoshlarimizni qo'llab-quvvatlash, huquqlari himoyasini mustahkam ta'minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar xususida batafsil ma'lumot berildi.
Shuningdek, hamyurtlarimizning fikr-mulohazalari tinglandi va ularni qiziqtirgan savollarga tegishli tartibda javob berildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Xorvatiya va Serbiyada bo‘lib turgan yoki ketayotgan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga!
Bokuda qiyin ahvolga tushib qolgan yurtdoshimiz vatanga qaytarildi