Logo

Qozog'istonning Qizilo'rda shahrida bo'lib turgan vatandoshlar uchun sayyor konsullik qabuli tashkil etildi

Oktabr 20, 2025. 13:00 • 29 soniya

43
Qozog'istonning Qizilo'rda shahrida bo'lib turgan vatandoshlar uchun sayyor konsullik qabuli tashkil etildi

QIZILO'RDA, 23-oktyabr. /"Dunyo" AA/. Mamlakatimizning Olmaotadagi Bosh konsulxonasi tomonidan Qozog'istonning Qizilo'rda shahridagi vatandoshlar uchun sayyor konsullik qabuli tashkil etildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Qabul davomida 20 ga yaqin O'zbekiston fuqarosiga konsullik xizmatlari ko'rsatildi. Jumladan, hamyurtlarimizning xorijga chiqish uchun biometrik pasportni rasmiylashtirish, shaxsni tasdiqlovchi hujjat hamda Vatanga qaytish guvohnomasini rasmiylashtirish kabi murojaatlari ko'rib chiqildi.

Vatandoshlar bilan kechgan muloqot chog'ida Qozog'iston qonunchiligiga rioya qilish zarurligi, shuningdek, agarda ularning huquq va qonuniy manfaatlari buzilgan taqdirda Bosh konsulxonaga murojaat qilishlari tartiblari tushuntirildi.  

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish