O'zbekiston Buyuk Britaniya bilan mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlikni kengaytirmoqda
May 08, 2025. 11:45 • 41 soniya
• 247
LONDON, 8-may. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Ravshan Usmonov Buyuk Britaniyaning Ekspluatatsiya va mehnat qonunchiligi buzilishiga qarshi kurash tashkiloti departamenti boshlig'i (Gangmasters and Labour Abuse Authority – GLAA) Nevill Bredberi bilan onlayn muzokara o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muloqot davomida GLAA vakillariga O'zbekistonda mehnat migratsiyasi yo'nalishida olib borilayotgan islohotlar va ularning ijobiy natijalari borasida batafsil ma'lumot berildi.
Britaniya tomoni Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi O'zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi sifatida qayta tashkil etilganini O'zbekiston tomonidan xavfsiz va qonuniy mehnat migratsiyasini ta'minlash borasidagi ijobiy qadam sifatida baholadi.
Muzokaralar natijasida GLAA va Migratsiya agentligi o'rtasida hamkorlik aloqalarini o'rnatish hamda keyingi qadamlarni muvofiqlashtirish maqsadida joriy yilning may oyida Ekspluatatsiya va mehnat qonunchiligi buzilishiga qarshi kurash tashkiloti vakillarining O'zbekistonga safarini tashkil etish bo'yicha kelishuvga erishildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Xorvatiya va Serbiyada bo‘lib turgan yoki ketayotgan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga!
Bokuda qiyin ahvolga tushib qolgan yurtdoshimiz vatanga qaytarildi