Yaponiya kompaniyasi Toshkent shahrida kasb-hunarga o'qitish markazini ochmoqda
Sentabr 08, 2025. 16:10 • 32 soniya
• 140
TOKIO, 8-sentabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Muhsinxo'ja Abdurahmonov "Onodera User Run" kompaniyasi rahbariyati bilan muzokara o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muloqot chog'ida mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.
"Onodera User Run" kompaniyasi yurtimizda o'zbekistonlik yoshlarga yapon tili va tegishli kasblarni o'rgatishga qaratilgan loyihani amalga oshirmoqda. Xususan, mazkur kompaniya tomonidan Toshkent shahrida o'quv markazi faoliyatini yo'lga qo'yilmoqda.
Mazkur o'quv markazida ta'lim olgan talabgorlar haydovchilik, qariyalarni parvarishlash va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish kabi sohalarda Yaponiyada ish bilan ta'minlanadi.
Muloqot yakunida o'zaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida muloqotni davom ettirishga kelishib olindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Bokuda qiyin ahvolga tushib qolgan yurtdoshimiz vatanga qaytarildi
Sankt-Peterburgda vatandoshlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha memorandum imzolandi