Diplomatlar ko‘magida Chexiyada og‘ir vaziyatga tushib qolgan hamyurtimiz Vatanga qaytarildi
Oktabr 23, 2026. 19:00 • 56 soniya
• 201
PRAGA, 23-oktabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchixonasi vakillari ko‘magida Chexiyada og‘ir vaziyatga tushib qolgan hamyurtimiz Vatanimizga qaytarildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Diplomatik vakolatxona ma’lumotiga ko‘ra, yurtdoshimiz B.V. dastlab Bolgariyaga ishlash maqsadida borgan. Biroq u yerda ish haqi to‘lanishi bilan bog‘liq muammolar tufayli Chexiyaga o‘tgan.
Vatandoshimiz Chexiyada kerakli hujjatlarni rasmiylashtira olmagani uchun doimiy ish topa olmagan. Natijada u daromad manbaisiz qolib, jiddiy moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan.
Pragada yashash uchun mablag‘siz qolgan hamyurtimiz Vatanga qaytishda amaliy yordam so‘rab, elchixonaning konsullik bo‘limiga murojaat qilgan.
Diplomatik vakolatxona tomonidan ko‘rilgan tezkor choralar natijasida yurtdoshimiz “Praga–Boku–Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekistonga qaytib keldi.
Mamlakatimizning xorijdagi diplomatlari chet elda qiyin hayotiy vaziyatga tushib qolgan vatandoshlarimizga amaliy yordam ko‘rsatishda davom etmoqda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi