Rossiyaning Xakasiya Respublikasidagi vatandoshlarning huquqlari himoya ostida
Avgust 19, 2025. 07:51 • 42 soniya
• 92
ABAKAN, 19-avgust. /"Dunyo" AA/. O'zbekistonning Novosibirsk shahridagi bosh konsuli Aslam Akbarov Rossiyaning Xakasiya Respublikasiga amaliy safari davomida mazkur hududdagi vatandoshlar bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unda, shuningdek, Xakasiya milliy-hududiy siyosat vaziri vazifasini bajaruvchi Vitaliy Kunuchakov ham ishtirok etdi.
Muloqotning asosiy mavzusi Rossiya hududida bo'lib turgan O'zbekiston fuqarolarining huquqiy maqomini qonunlashtirish masalasi bo'ldi.
Yurtdoshlarimizga Xakasiya Respublikasi hududidagi huquqiy holatlarini tartibga solish imkoniyatlari va tartibi haqida ma'lumot berildi.
Qabul qiluvchi davlat qonunchiligiga rioya qilish, ayniqsa, mehnat patentlari va shartnomalarini o'z vaqtida rasmiylashtirish, shuningdek, qonuniy huquq va manfaatlari buzilgan taqdirda Bosh konsulxonaga murojaat qilish muhimligi ta'kidlandi.
Rossiya tomoni Xakasiya Respublikasi hududida O'zbekiston fuqarolarining huquqiy holatini tartibga solish masalasini osonlashtirish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishini, buning uchun bugungi kunda respublikada shunga mos ravishda barcha sharoit va imkoniyatlar yaratilganini bildirdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Xorvatiya va Serbiyada bo‘lib turgan yoki ketayotgan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga!
Bokuda qiyin ahvolga tushib qolgan yurtdoshimiz vatanga qaytarildi