Rossiyaning Barnaul shahridagi Xorijiy fuqarolarni vaqtincha saqlash markazida bo'lib turgan vatandoshlar holidan xabar olindi
May 18, 2025. 11:09 • 36 soniya
• 62
BARNAUL, 18-may. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari Rossiyaning Oltoy o'lkasi Barnaul shahridagi Xorijiy fuqarolarni vaqtincha saqlash markazida bo'lib, vatandoshlar holidan xabar oldilar, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tashrifdan maqsad mazkur markazda vaqtincha bo'lib turgan O'zbekiston fuqarolarini saqlash sharoitlari bilan tanishish, shuningdek, ularga konsullik-huquqiy yordam ko'rsatishdan iborat bo'ldi.
Diplomatlar dastlab markaz rahbariyati bilan muloqot qildilar. Ma'lum qilinishicha, O'zbekiston fuqarolarining aksariyati Rossiya hududida bo'lish tartib-qoidalarni buzgani uchun mazkur markazda vaqtincha joylashtirilgan.
Shuningdek, Bosh konsulxona xodimlari muassasada yaratilgan sharoitlar, jumladan oshxona, dam olish xonalari, tibbiyot bo'limi va kutubxona bilan tanishdi.
Vatandoshlar bilan kechgan muloqot chog'ida ularni o'z oilasi bag'riga tezroq qaytarish yo'llari muhokama qilindi va hamyurtlarimizni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Xorvatiya va Serbiyada bo‘lib turgan yoki ketayotgan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga!
Bokuda qiyin ahvolga tushib qolgan yurtdoshimiz vatanga qaytarildi