Logo

Rossiyaning Tomsk viloyatidagi vatandoshlar uchun navbatdagi sayyor konsullik qabuli o'tkazildi

May 02, 2025. 11:51 • 39 soniya

59
Rossiyaning Tomsk viloyatidagi vatandoshlar uchun navbatdagi sayyor konsullik qabuli o'tkazildi

TOMSK, 2-may. /"Dunyo" AA/. O'zbekistonning Novosibirsk shahridagi bosh konsulxonasi diplomatlari Rossiyaning Tomsk viloyatidagi vatandoshlar uchun navbatdagi sayyor konsullik qabulini tashkil qildilar, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

 Muloqot chog'ida Rossiyaning Tomsk viloyati hududida bo'lib turgan yurtdoshlarimizning zarur hujjatlarini tayyorlash hamda ularning huquq va erkinliklarini himoya qilishda Bosh konsulxona barcha yordamni ko'rsatishi ta'kidlandi. Bosh konsulxona va Tomsk viloyati rahbariyati bilan vatandoshlarimizning huquq va manfaatlarini ta'minlash borasida olib borilayotgan ishlar haqida ma'lumot berildi.

 Mehnat migrantlarining turli noqonuniy oqimlar va yolg'on va'dalar ta'siriga tushib qolishining oldini olish muhimligi qayd etildi.  

Qabulga kelgan vatandoshlar Tomsk viloyatida ikki haftada bir marta sayyor konsullik qabulini tashkil etish, bandlik sohasidagi mavjud muammolarni joyida muhokama qilish va hal etish tashabbusi uchun samimiy minnatdorlik bildirdilar.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish