O'zbekiston bosh konsuli Rossiyaning Baykal orti o'lkasidagi yurtdoshlarimiz bilan muloqot qildi
May 28, 2025. 07:20 • 40 soniya
• 62
CHITA, 28-may. /"Dunyo" AA/. O'zbekistonning Novosibirskdagi bosh konsuli Aslam Akbarov Rossiyaning Baykal orti o'lkasiga safari chog'ida Chita shahrida vatandoshlar bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muloqot chog'ida yurtdoshlarimizning aksariyati qurilish, umumiy ovqatlanish sohalarida va taksi xizmatida mehnat qilayotgani ma'lum qilindi. Ishtirokchilar bilan Rossiyaning ushbu hududida bo'lib turgan yurtdoshlarimiz o'rtasida mezbon mamlakatning migratsiya qonunchiligini buzish holatlari mavjudligi va ularni bartaraf etish yo'llari muhokama qilindi.
Vatandoshlar qabul qilayotgan davlat qonunchiligiga rioya etishi, huquqlari buzilgan taqdirda O'zbekiston Bosh konsulxonasiga zudlik bilan murojaat qilishlari ta'kidlandi.
O'zbekiston Bosh konsulxonasi mehnat migrantlari bo'lgan vatandoshlarimizning zarur hujjatlarini tayyorlash, huquq va erkinliklarini himoya qilishda amaliy yordam ko'rsatishi ma'lum qilindi.
Bo'lib o'tgan muloqot yakunida vatandoshlar o'zlarini qiziqtirgan savollarga bosh konsuldan batafsil javob oldilar.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Xorvatiya va Serbiyada bo‘lib turgan yoki ketayotgan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga!
Bokuda qiyin ahvolga tushib qolgan yurtdoshimiz vatanga qaytarildi