Rossiyaning Sverdlovsk viloyatida ishlayotgan vatandoshlar holidan xabar olindi
Avgust 19, 2025. 12:31 • 41 soniya
• 46
YEKATERINBURG, 19-avgust. /"Dunyo" AA/. Yekaterinburgdagi Bosh konsulxonasi diplomatlari Rossiyaning Sverdlovsk viloyati Verxnyaya Pishma shahrida joylashgan "Sog'lom oziq-ovqat fabrikasi" korxonasida vaqtincha ishlayotgan vatandoshlar bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muloqot davomida hamyurtlarimiz O'zbekistonda kechayotgan yangilanishlar va ularning samarali natijalari, mehnat migrantlari huquqlarini munosib himoya qilish va ularga imtiyozlar taqdim etish bo'yicha dasturlar bilan tanishdilar.
O'zbekiston fuqarolari qaysi xorijiy davlatda bo'lishidan qat'iy nazar, ularning huquq va manfaatlari himoya qilinishi ta'kidlandi. Shuningdek, O'zbekiston fuqarolari xorijda o'zbek millatining nufuzini oshirish, mamlakatimiz salohiyatini keng targ'ib qilishda faol bo'lishlari kerakligi qayd etildi.
Uchrashuv davomida migrantlar tomonidan konsullik va huquqiy jihatlar, jumladan, pasportlarni rasmiylashtirish, O'zbekistonda berilgan hujjatlardan Rossiyada foydalanish, bolalarning Rossiyada ta'lim olishi, pensiya ta'minoti masalalari bo'yicha savollariga atroflicha javob berildi.
Vatandoshlar O'zbekiston hukumati tomonidan xorijda ishlayotgan mehnat muhojirlariga ko'rsatilayotgan yuksak e'tibor uchun minnatdorlik bildirishdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Xorvatiya va Serbiyada bo‘lib turgan yoki ketayotgan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga!
Bokuda qiyin ahvolga tushib qolgan yurtdoshimiz vatanga qaytarildi