Turkiya O'zbekiston fuqarolari uchun elektron mehnat vizalarini joriy etish masalasini ko'rib chiqishga tayyor
Noyabr 01, 2025. 11:25 • 35 soniya
• 235
ANQARA, 1-noyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston delegatsiyasining Anqaraga amaliy tashrifi doirasida 27-oktyabr kuni Turkiya Ichki ishlar vazirligida uchrashuv bo'lib o'tdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

TIV xabar berishicha, uchrashuvda Turkiya Ichki ishlar vaziri o'rinbosari Mexmet Oqtosh ikki davlat rahbarlarining sa'y-harakatlari tufayli bugungi kunda O'zbekiston va Turkiya o'rtasida, ayniqsa ichki ishlar sohasida, yaqin aloqalar yo'lga qo'yilganini ta'kidladi.
Uchrashuv davomida turk tomoni O'zbekiston fuqarolariga Turkiyaga boshqa turdagi vizalar asosida kirgan holda mamlakatdan chiqmasdan turib mehnat ruxsatnomasini olish imkoniyatini taqdim etish masalasini o'rganib chiqishini ma'lum qildi.
Shuningdek, O'zbekiston fuqarolari uchun elektron mehnat vizalarini joriy etish masalasini ko'rib chiqishga tayyorligini bildirdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Bokuda qiyin ahvolga tushib qolgan yurtdoshimiz vatanga qaytarildi
Sankt-Peterburgda vatandoshlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha memorandum imzolandi