Logo

O'zbekiston va Turkiya ijtimoiy himoya sohasida hukumatlararo bitim tuzish istiqbollarini muhokama qildi

Noyabr 01, 2025. 13:18 • 42 soniya

115
O'zbekiston va Turkiya ijtimoiy himoya sohasida hukumatlararo bitim tuzish istiqbollarini muhokama qildi

ANQARA, 1-noyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbek delegatsiyasining Anqaraga xizmat safari doirasida joriy yilning 27-oktyabr kuni Turkiya Mehnat va ijtimoiy ta'minot vazirligida uchrashuv bo'lib o'tdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

TIV xabar berishicha, muloqot davomida Turkiya Mehnat va ijtimoiy ta'minot vaziri o'rinbosari Faruk O'zchilik turk tomoni migratsiya sohasida doimiy muloqotni yo'lga qo'yishga hamda uning tashkiliy mexanizmlarini rivojlantirishga tayyorligini bildirdi.

Shuningdek, Turkiyada uy xizmatchilari sifatida faoliyat yuritayotgan, biroq noqonuniy holatda bo'lgan O'zbek fuqarolari maqomini legallashtirishda ko'mak berishga tayyorligini bildirdi.

Uchrashuvda qurilish, umumiy ovqatlanish va xizmat ko'rsatish kabi sohalarda vaqtinchalik mehnat faoliyati bilan shug'ullanayotgan hamyurtlarimizni legallashtirish imkoniyatlariga alohida e'tibor qaratildi.

Tomonlar O'zbek va Turkiya o'rtasida ijtimoiy himoya sohasida hukumatlararo bitim tuzish imkoniyatini muhokama qildilar. Turkiya tomoni ushbu jarayonning ijobiy yakun topishiga ishonch bildirdi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish