Logo

O'zbekiston va Turkiya mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlikdan o'zaro manfaatdorligi va uzoq muddatli istiqbollari aniq ekanligi ta'kidlandi

Noyabr 01, 2025. 12:23 • 36 soniya

126
O'zbekiston va Turkiya mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlikdan o'zaro manfaatdorligi va uzoq muddatli istiqbollari aniq ekanligi ta'kidlandi

ANQARA, 1-noyabr. /"Dunyo" AA/. Joriy yilning 27-oktyabr kuni O'zbekiston delegatsiyasining Anqaraga tashrifi doirasida Turkiya Tashqi ishlar vazirligida uchrashuv bo'lib o'tdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

TIV xabar berishicha, uchrashuvda Turkiya tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Musa Kulaklikay O'zbekistonni Turkiya uchun umumiy tarix, din va madaniyat bilan bog'langan birodar mamlakat deya e'tirof etdi.

Uchrashuv davomida tomonlar siyosiy aloqalarni yanada rivojlantirish, savdo-iqtisodiy sohada, madaniy-gumanitar yo'nalishlarda hamda mehnat migratsiyasi sohasida o'zaro hamkorlikni kengaytirish, shu jumladan muntazam maslahatlashuvlarni yo'lga qo'yish muhimligini qayd etdilar.

Ikki mamlakat o'rtasidagi mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlik o'zaro manfaatliligi hamda aniq va uzoq muddatli istiqbollarga ega ekanligi ta'kidlandi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish