O'zbekiston tashqi ishlar vaziri o'rinbosari va Turkiya elchisi migratsiyasi sohasidagi ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qildilar
Avgust 14, 2025. 12:20 • 27 soniya
• 164
TOSHKENT, 14-avgust. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Olimjon Abdullayev kecha Turkiya elchisi Ufuk Ulutash bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Muzokaralar chog'ida mehnat migratsiyasi sohasida ikki tomonlama hamkorlik masalalari, shuningdek, huquqbuzarliklarning oldini olish bo'yicha qo'shma choralar ko'rish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar tizimli muloqotni davom ettirishga o'zaro manfaatdor ekanliklarini tasdiqladilar hamda hamkorlikning qo'shma mexanizmlarini ishlab chiqish bo'yicha kelishib oldilar.
"Dunyo" AA olgan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Xorvatiya va Serbiyada bo‘lib turgan yoki ketayotgan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga!
Bokuda qiyin ahvolga tushib qolgan yurtdoshimiz vatanga qaytarildi