Logo

Qozog'istondagi kasbga o'qitish innovatsion markaz O'zbekistonda o'z vakolatxonasini ochishni rejalashtirmoqda

Iyul 22, 2025. 09:18 • 44 soniya

77
Qozog'istondagi kasbga o'qitish innovatsion markaz O'zbekistonda o'z vakolatxonasini ochishni rejalashtirmoqda

OQTOV, 22-iyul. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari va Migratsiya agentligi vakillari Qozog'istonning Atirau shahrida joylashgan "APEC Training Center" rahbarlari bilan onlayn muzokara o'tkazdilar, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unda mazkur o'quv markazi imkoniyatlaridan foydalangan holda Qozog'iston va Yevropa mamlakatlaridagi yirik korxonalarga O'zbekistondan malakali kadrlar jalb etish imkoniyatlari muhokama qilindi.

"APEC Training Center" vakillari chet el korxonalari ehtiyojidan va hozirda ishchi kuchiga talab ko'pligini hisobga olgan holda O'zbekiston fuqarolarini jalb qilishga va kelajakda yurtimizda o'z vakolatxonasini ochish rejalari haqida ma'lum qilishdi.

 Qozog'iston tomoni mazkur loyihani hayotga tadbiq etish imkoniyatlarini batafsil muhokama qilish uchun O'zbekistonga kelishlarini bildirdi.

"APEC Training Center" innovatsion markazi 2017-yilda tashkil etilgan. Markaz G'arbiy Qozog'iston viloyatlarida yirik neft, gaz, tog'-kon sanoati, qurilish va boshqa sohalar uchun barcha darajadagi yuqori malakali xodimlar tayyorlash bilan shug'ullanadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish