O'zbekiston – Buyuk ipak yo'lining yuragi
Sentabr 24, 2025. 11:30 • 47 soniya
• 52
TARAZ, 24-sentabr. /"Dunyo" AA/. Qozog'istonning Jambil viloyatida "O'zbekiston – Buyuk ipak yo'lining yuragi" mavzusida davra suhbati tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

O'zbekistonning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi, Jambil viloyati hokimligi va "Atameken" milliy tadbirkorlar palatasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda ikki mamlakat rasmiy vakillari, turoperatorlar, dam olish maskanlari va mehmonxona biznesi rahbarlari, madaniyat namoyondalari ishtirok etdi.
Mamlakatimiz diplomatlar o'z taqdimotlarida ishtirokchilarni O'zbekistonning gastronomik, tibbiy va sog'lomlashtirish, arxeologik, ekologik va ekstremal kabi turizmning turlari bilan tanishtirdilar.
O'zbekiston Turizm qo'mitasi vakili Aziz Mirjalilov alohida taqdimot qildi Unda O'zbekistonda turizm sohasini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash bo'yicha ishlar, infratuzilmani rivojlantirish, yangi mehmonxonalar qurish, xorijiy sayyohlarga taqdim etilayotgan imkoniyatlar to'g'risida to'xtalib o'tildi.
O'zbekistonning sog'lomlashtirish turizm yo'nalishi va tog'-chang'i majmualari Qozog'iston tomoniga katta qiziqishini uyg'otdi.
Davra suhbati so'zga chiqqan Qozog'iston tomoni O'zbekistonda turizmning jozibadorligini oshirish, uning turlarini ko'paytirish va rivojlantirish bo'yicha ishlarni e'tirof etgan holda, o'zbek sheriklar bilan hamkorlikda ishlashga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Malayziya sayyohlik kompaniyalari bilan turizm bo‘yicha kelishuvlarga erishildi
Budapeshtda O‘zbekiston turizm imkoniyatlari bo‘yicha aksiya o‘tkazildi
Polshaning Reda shahrida o‘zbek turizm sohasi eʼtirof qilindi
Nemis ekspertlari O‘zbekistondagi turizm imkoniyatlarini yuqori baholadi
Goada O‘zbekiston turistik salohiyati va milliy modasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi