O'zbekiston Janubiy Koreyaning Pusan shahrida bo'lib o'tgan xalqaro turizm sammitida taqdim etildi
Oktabr 31, 2025. 11:52 • 2 daq
• 56
PUSAN, 31-oktyabr. /"Dunyo" AA/. Joriy yilning 26-29-oktyabr kunlari Janubiy Koreyaning Pusan shahrida turizm sohasiga bag'ishlangan ilk xalqaro "Global City Tourism Summit" bo'lib o'tdi, deb xabar beradi "Dunyo" AA muxbiri.

Ushbu nufuzli tadbirda Janubiy Koreyaning turli vazirlik va idora vakillari, xalqaro ekspertlar va xorijiy ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
O'zbekistondan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo'mitasi, "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti va boshqa yetakchi turizm tashkilotlari vakillaridan iborat delegatsiya qatnashdi.
– Bunday xalqaro sayyohlik sammitlari davlatlar o'rtasida tajriba almashish, innovatsion g'oyalarni amalga joriy etish hamda barqaror turizmni rivojlantirishda muhim o'rin tutadi. Turizm har bir davlat iqtisodiyotida ustuvor va strategik yo'nalish sifatida milliy farovonlikka hissa qo'shadi, –deydi Pusan shahri meri Pak Xyon Chjun.
O'zbekiston delegatsiyasi sammit doirasida turizm sohasidagi xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, yangi investitsiya loyihalarini jalb etish, tajriba almashish va mamlakatning sayyohlik salohiyatini keng targ'ib qilish bo'yicha qator muzokara va uchrashuvlar o'tkazdi.
Tadbir doirasida turizm sohasiga oid sessiyalar ham tashkil etildi. Unda mutaxassislar sayyohlik sohasining rivojlanishi va uning mamlakat iqtisodiyotiga ta'siri, turizm infratuzilmasini barqaror rivojlantirish borasida o'z taqdimotlarini namoyish etdilar.
O'zbekistonning Janubiy Koreyadagi elchisi Alisher Abdusalomov o'z ma'ruzasida mamlakatimizda turizm sohasida so'nggi yillarda olib borilgan keng ko'lamli islohotlar, xususan, O'zbekistonning xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar bilan turizm sohasida o'rnatgan hamkorlik aloqalari, mamlakatimizda sayyohlarga xizmat ko'rsatish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida so'z yuritdi. Shu bilan birga, Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlari bilan birgalikda, YUNESKOning Jahon madaniy merosi ro'yxatidan o'rin olgan Shahrisabz shahri va uning turizm salohiyati alohida ta'kidlandi.
O'zbekistonga turizm oqimini yanada oshirish va yurtimizning sayyohlik salohiyatini Janubiy Koreyada keng targ'biq etish maqsadida elchixona va Global shaharlar turizmini rivojlantirish tashkiloti bosh kotibi, O'zbekistonning Janubiy Koreya Respublikasidagi turizm brendi elchisi Kang Da Yun o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Sammit davomida O'zbekiston sayyohlik salohiyatiga bag'ishlangan ko'rgazma ham tashkil etildi. Unda mamlakatimizning boy madaniy merosi, an'anaviy xalq hunarmandchiligi, O'zbekistonning sayyohlik salohiyatining rang-barangligi va betakrorligini aks ettiruvchi zamonaviy sayyohlik yo'nalishlari namoyish qilindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Malayziya sayyohlik kompaniyalari bilan turizm bo‘yicha kelishuvlarga erishildi
Budapeshtda O‘zbekiston turizm imkoniyatlari bo‘yicha aksiya o‘tkazildi
Polshaning Reda shahrida o‘zbek turizm sohasi eʼtirof qilindi
Nemis ekspertlari O‘zbekistondagi turizm imkoniyatlarini yuqori baholadi
Goada O‘zbekiston turistik salohiyati va milliy modasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi