O'zbekiston sayyohlik salohiyati Doha shahrida taqdim etildi
Oktabr 24, 2025. 16:12 • 1 daq
• 50
DOHA, 24-oktabr. /"Dunyo" AA/. Qatar poytaxtida O'zbekiston sayyohlik salohiyatiga bag'ishlangan taqdimot tadbiri o'tkazildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Qatarning ommabop "Radio Malayalam 98.6 FM" radiosi tashkil etilganining 8 yilligi doirasida bo'lib o'tgan taqdimot O'zbekiston elchixonasi va "Flywell Tours" turizm kompaniyasi bilan birgalikda tashkil etildi.
Elchi Ashraf Xo'jayev mamlakatimizning Ko'rfaz arab davlatlari uchun sayyohlik markazi sifatidagi jozibadorligi, O'zbekistonning boy madaniyati, betakror turizm maskanlari va sayyohlik imkoniyatlari haqida so'zlab berdi. Shuningdek, yig'ilganlarga davlatimiz tomonidan 2025-yilda rejalashtirilgan tadbirlar, xususan, 15 milliondan ortiq xorijiy sayyohlarning respublika hududlariga sayohatlarini tashkil etish, qo'shimcha yangi turoperatorlar faoliyatini yo'lga qo'yish, tog'-chang'i turizm klasterlarini tashkil etish bo'yicha olib borilayotgan ishlar haqida ma'lumot berildi.
Taqdimot davomida ishtirokchilar e'tiboriga O'zbekiston sayyohlik salohiyatiga oid videorolik namoyish etildi.
Qatar tomoniga mamlakatimizda o'tkaziladigan turizm tadbirlari, xususan, shu yil noyabr oyida poytaxtimizda bo'lib o'tadigan "Ipak yo'lidagi turizm" 30-Toshkent xalqaro sayyohlik yarmarkasida ishtirok etish taklifi bildirildi.
"Flywell Tours" sayyohlik agentligi direktori Jasna Basher Qatar turoperatorlarining O'zbekistonning diqqatga sazovor joylariga turlarni tashkil qilish va o'zbekistonlik turoperatorlar bilan hamkorlikni kengaytirish istiqbollari haqida to'xtaldi. Uning aytishicha, kompaniya joriy yil dekabr oyida birinchi 50 kishidan iborat sayyohlar guruhini O'zbekistonga yuboradi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Malayziya sayyohlik kompaniyalari bilan turizm bo‘yicha kelishuvlarga erishildi
Budapeshtda O‘zbekiston turizm imkoniyatlari bo‘yicha aksiya o‘tkazildi
Polshaning Reda shahrida o‘zbek turizm sohasi eʼtirof qilindi
Nemis ekspertlari O‘zbekistondagi turizm imkoniyatlarini yuqori baholadi
Goada O‘zbekiston turistik salohiyati va milliy modasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi