O'zbekiston va O'mon o'rtasida sayyohlar almashinuvi oshishi kutilmoqda
Mart 02, 2025. 14:10 • 37 soniya
• 182
MASQAT, 2-mart. /"Dunyo" AA/. Masqat shahrida bo'lib o'tgan O'zbekiston-O'mon tadbirkor ayollari biznes-forumi doirasida "Felix Tour" sayyohlik kompaniyasi asoschisi Ozoda Muhidova va "Bahwan Travel Agencies" LLC kompaniyasi bosh menejeri Biju Entoni o'rtasida muzokaralar tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

O'mon vakiliga mamlakatimizning sayyohlik salohiyati, xususan, ziyorat turizmi imkoniyatlari, xorijiy sayyohlarga yaratilgan sharoitlar, amalga oshirish mumkin bo'lgan yangi turloyihalar haqida batafsil so'zlab berildi.
Bosh menejer Biju Entoni O'zbekiston turizm salohiyatidan yaxshi xabardorligini ta'kidlab, o'zaro hamkorlikni yo'lga qilishga tayyorligini tasdiqladi.
Uchrashuv yakunida ikki kompaniya o'rtasida aloqalarni yo'lga qo'yish, O'zbekiston yo'nalishida yangi turpaketlarni joriy qilish, yurtimizning ziyorat turizmi salohiyatini O'monda keng targ'ib qilish va boshqa masalalar yuzasidan kelishib olindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Londonda britaniyalik ekspertlar bilan tibbiy turizm istiqbollari muhokama qilindi
O‘zbekiston norvegiyaliklar uchun mashhur sayyohlik yo‘nalishiga aylanmoqda
Malayziya sayyohlik kompaniyalari bilan turizm bo‘yicha kelishuvlarga erishildi
Budapeshtda O‘zbekiston turizm imkoniyatlari bo‘yicha aksiya o‘tkazildi