O'zbekistonning boy madaniy merosi va turizm salohiyati Polshaning Pshemisl shahrida taqdim etildi
Oktabr 28, 2025. 20:28 • 50 soniya
• 29
PSHEMISL, 28-oktabr. /"Dunyo" AA/. Polshaning Pshemisl shahrida bo'lib o'tgan III Turizm festivalida O'zbekistonning boy madaniy merosi va turizm salohiyatiga bag'ishlangan tadbir o'tkazildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tadbirning alohida sessiyasi "O'zbekiston – Buyuk ipak yo'li" mavzusiga bag'ishlandi va unda yurtimizning turizm imkoniyatlari hamda madaniy boyliklariga bag'ishlangan taqdimot o'tkazildi.
Unda o'zbek xalqiga xos urf-odat va an'analarni yorqin ifoda etuvchi noyob fotosuratlar, o'zbek hunarmandlari tomonidan yaratilgan amaliy san'at namunalari va ipakchilik mahsulotlari namoyish etildi. Shuningdek, Xorazm, Samarqand va Buxoro viloyatlarining tarixiy merosiga oid suratlar hamda O'zbekiston madaniy merosining jahon to'plamlaridagi o'rnini yorituvchi eksponatlar taqdim etildi. Nukus shahri va Orol bo'yida turizmni rivojlantirish bo'yicha amalga oshirilayotgan loyihalar haqida batafsil ma'lumot berildi.
Mazkur ko'rgazma nafaqat mamlakatimizning boy madaniy merosi va turizm imkoniyatlarini keng targ'ib qilishga, balki O'zbekiston va Polsha o'rtasidagi madaniy-gumanitar hamkorlikni mustahkamlashga ham xizmat qildi.
Anjumanda shahar ma'muriyati, madaniyatshunos va san'atshunos olimlar, mashhur polyak amaliy san'at ustalari, Pshemisl shahri aholisi va mehmonlari ishtirok etdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Malayziya sayyohlik kompaniyalari bilan turizm bo‘yicha kelishuvlarga erishildi
Budapeshtda O‘zbekiston turizm imkoniyatlari bo‘yicha aksiya o‘tkazildi
Polshaning Reda shahrida o‘zbek turizm sohasi eʼtirof qilindi
Nemis ekspertlari O‘zbekistondagi turizm imkoniyatlarini yuqori baholadi
Goada O‘zbekiston turistik salohiyati va milliy modasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi