Oʻzbekiston delegatsiyasi Shvetsiya poytaxtida boʻlib oʻtgan "Senior Festivalen"da ishtirok etdi
Oktabr 26, 2025. 14:03 • 56 soniya
• 42
STOKGOLM, 26-oktabr. /"Dunyo" AA/. Oʻzbekiston delegatsiyasi 23-25-oktyabr kunlari Stokgolm shahrida boʻlib oʻtgan "Senior Festivalen"da ishtirok etdi, deb xabar beryapti "Dunyo" AA muxbiri.

Delegatsiya tarkibiga Samarqand va Fargʻona viloyati hokimliklari hamda turfirmalar kirdi. Oʻzbekiston pavilyonida mamlakatimizning boy madaniy merosi, YUNESKO roʻyxatiga kirgan tarixiy shaharlar – Samarqand, Buxoro, Xiva va zamonaviy turizm infratuzilmasi haqidagi ma'lumotlar taqdim etildi.
Festivalda katta yoshdagi skandinaviyalik sayyohlar uchun moslashtirilgan sayohat marshrutlari, sogʻlom turizm va madaniy dam olish imkoniyatlari haqida taqdimotlar oʻtkazildi. Shuningdek, Shvetsiya va boshqa Yevropa mamlakatlaridan kelgan turoperatorlar bilan B2B uchrashuvlar tashkil etildi, qoʻshma turpaketlarni ishlab chiqish boʻyicha muzokaralar uyushtirildi.
Oʻzbekiston Turizm qoʻmitasi, Samarqand va Fargʻona viloyatlari hokimliklari xorijiy sheriklar bilan bir qator amaliy kelishuvlarga erishdi. Xusussan, ta'lim va marketing sohalarida katta yoshdagi sayyohlarga moʻljallangan maxsus turizm kurslari va turkampaniyalarni ishlab chiqish boʻyicha bitimlar imzolandi.
"Senior Festivalen" – bu Shvetsiyada har yili oʻtkaziladigan yirik turistik, ijtimoiy va madaniy festival boʻlib, unda sogʻlom turmush tarzi, faol hayot va senior tourism — ya'ni katta yoshdagi avlod uchun inklyuziv sayohatlarni tashkil qilishga alohida e'tibor qaratiladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Malayziya sayyohlik kompaniyalari bilan turizm bo‘yicha kelishuvlarga erishildi
Budapeshtda O‘zbekiston turizm imkoniyatlari bo‘yicha aksiya o‘tkazildi
Polshaning Reda shahrida o‘zbek turizm sohasi eʼtirof qilindi
Nemis ekspertlari O‘zbekistondagi turizm imkoniyatlarini yuqori baholadi
Goada O‘zbekiston turistik salohiyati va milliy modasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi