Oʻzbekiston diplomatlari Turkiyadagi vatandoshlar duch kelayotgan muammolarni oʻrgandi
Oktabr 26, 2025. 11:33 • 24 soniya
• 60
ISTANBUL, 26-oktabr. /"Dunyo" AA/. Oʻzbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari Turkiyaning Edirne va Kirklareli deportatsiya markazlarida boʻlib turgan vatandoshlar bilan muloqot qildilar, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tashrif davomida Turkiyada migratsiya qonunchiligi talablarini buzganligi sababli mazkur markazlarda vaqtincha saqlanayotgan vatandoshlarga konsullik-huquqiy yordam koʻrsatildi. Ularning yashash, madaniy hordiq chiqarishi, yaqinlari bilan muloqot qilishi uchun yaratilgan sharoitlar oʻrganildi.
Hamyurtlarimizni oilasi bagʻriga qisqa fursatlarda qaytarish yuzasidan barcha amaliy choralar koʻrilishi ta'kidlandi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Malayziya sayyohlik kompaniyalari bilan turizm bo‘yicha kelishuvlarga erishildi
Budapeshtda O‘zbekiston turizm imkoniyatlari bo‘yicha aksiya o‘tkazildi
Polshaning Reda shahrida o‘zbek turizm sohasi eʼtirof qilindi
Nemis ekspertlari O‘zbekistondagi turizm imkoniyatlarini yuqori baholadi
Goada O‘zbekiston turistik salohiyati va milliy modasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi