Al-Kuvayt shahrida O'zbekiston sayyohlik salohiyatiga bag'ishlangan taqdimot o'tkazildi
Oktabr 27, 2025. 12:16 • 2 daq
• 30
KUVAYT, 27-oktyabr. /"Dunyo" AA/. Kuvaytda bo'lib o'tgan "Divaniya" tadbiri doirasida O'zbekiston turistik salohiyatiga bag'ishlangan taqdimot o'tkazildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Kuvayt tomoni O'zbekistonning boy tarixi, madaniy merosi, turizm salohiyati va jahon sivilizatsiyasi rivojiga ulkan hissa qo'shgan mutafakkir olimlarimizga oid ma'lumotlar bilan tanishdi. So'nggi yillarda mamlakatimizda turizm sohasini modernizatsiya qilish, jumladan, xorijlik mehmonlarga xalqaro andozalar asosida xizmat ko'rsatishni tashkil etishga alohida e'tibor qaratilayotgani aytib o'tildi. O'zbekiston hududida 7 mingdan ortiq tarixiy obyektlar mavjudligi, ular YUNESKO bilan hamkorlikda muhofaza qilinishi urg'ulandi.
Samarqand, Xiva, Buxoro va Toshkent kabi tarixiy shaharlar, mamlakatimiz tabiatining go'zalligi va rang-barangligi, O'zbekiston xalqining ko'p asrlik hunarmandchilik an'analari, urf-odatlari va bayramlari har yili ko'plab sayyohlarni faol jalb qilayotgani qayd etildi.
2025-yil 1-iyundan boshlab Kuvayt fuqarolari uchun O'zbekistonga kirish bo'yicha 30 kunlik vizasiz tartib joriy etilgani "Jazeera" aviakompaniyasining "Al-Kuvayt-Toshkent-Al-Kuvayt" yo'nalishidagi to'g'ridan to'g'ri aviareyslari haftasiga 4 marotaba amalga oshirilayotgani ishtirokchilarda katta qiziqish uyg'otdi.
Kuvayt vakillari o'z chiqishida, O'zbekistonda tinchlik hukm surayotgani, har bir sayyoh bemalol respublikaning tarixiy shaharlarini va sayyohlik hududlarini ziyorat qilishi hamda o'zbek milliy taomlardan bahramand bo'lishi mumkinligi e'tirof etdilar.
Ularning aytishicha, O'zbekistonga borish istagini bildirayotgan kuvaytlik sayyohlar soni yildan yilga ko'payib bormoqda. Bu esa, o'z navbatida, mahalliy turoperatorlardan yangi va jozibador takliflar tayyorlashni talab etadi. Qayd etilishicha, O'zbekiston qadimiy Ipak yo'lining durdonasi va jadal rivojlanayotgan sayyohlik yo'nalishlaridan biri sifatida Kuvaytdagi sayyohlar uchun juda ko'p narsalarni taklif eta oladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Malayziya sayyohlik kompaniyalari bilan turizm bo‘yicha kelishuvlarga erishildi
Budapeshtda O‘zbekiston turizm imkoniyatlari bo‘yicha aksiya o‘tkazildi
Polshaning Reda shahrida o‘zbek turizm sohasi eʼtirof qilindi
Nemis ekspertlari O‘zbekistondagi turizm imkoniyatlarini yuqori baholadi
Goada O‘zbekiston turistik salohiyati va milliy modasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi