O'zbekistonning boy madaniyati va sayyohlik salohiyati Tokiodagi festivalda namoyish etildi
Oktabr 19, 2025. 12:55 • 54 soniya
• 37
TOKIO, 20-oktyabr. /"Dunyo" AA/. Tokio shahridagi "Shiba" bog'ida bo'lib o'tgan "Minato" festivalida O'zbekiston milliy stend bilan taqdim etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

O'zbekiston milliy stendida xalqimizning madaniy merosi, urf-odatlari va qadriyatlarini aks ettirgan hunarmandchilik va to'qimachilik mahsulotlari, milliy zardo'zlik namunalari hamda turistik qo'llanmalar namoyish etildi.
Festival doirasida tashkil etilgan konsert dasturida o'zbek milliy kuy-qo'shiqlari ijro etildi. Yaponiyada tashkil etilgan "Guliston" raqs ansambli jamoasining chiqshlari barchaga katta qiziqish uyg'otdi.
O'zbekiston stendi bilan tanishgan mehmonlarning ko'pchiligi ilgari yurtimizga bo'lganini bildirib, mamlakatimiz tarixi, me'moriy obidalari, tabiati va o'zbek xalqining mehmondo'stligi ularda chuqur taassurot qoldirganini ta'kidladi. Joriy yil Osaka shahrida bo'lib o'tayotgan "EXPO-2025" Butunjahon ko'rgazmasida O'zbekiston "Bilimlar bog'i" nomli pavilyon bilan ishtirok etayotgani yaponiyaliklar orasida mamlakatimizga bo'lgan qiziqishni yanada oshirgani aytib o'tildi.
Festival ishtirokchilari, shuningdek, kelgusida O'zbekistonga sayohat qilish istaklarini bildirishdi.
"Minato" festivali har yili tashkil etiladi va Yaponiya poytaxtidagi eng yirik madaniy tadbirlardan biri hisoblanadi. 2023-yilda o'tkazilgan festivalga 188 mingdan ortiq kishi ishtirok etgan. Bu yilgi tadbirda 16 ta mamlakat elchixonalari o'z milliy stendlari bilan qatnashdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Malayziya sayyohlik kompaniyalari bilan turizm bo‘yicha kelishuvlarga erishildi
Budapeshtda O‘zbekiston turizm imkoniyatlari bo‘yicha aksiya o‘tkazildi
Polshaning Reda shahrida o‘zbek turizm sohasi eʼtirof qilindi
Nemis ekspertlari O‘zbekistondagi turizm imkoniyatlarini yuqori baholadi
Goada O‘zbekiston turistik salohiyati va milliy modasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi