Budapeshtda "Ipak yo'lining diqqatga sazovor joylari" mavzusida turizm-forumi o'tkazildi
Oktabr 22, 2025. 10:26 • 2 daq
• 21
BUDAPESHT, 22-oktyabr. /"Dunyo" AA/. Vengriya poytaxti Budapesht shahrida "Ipak yo'lining diqqatga sazovor joylari" mavzusida turizm-forumi bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Forum O'zbekiston elchixonasi, Turizmni qo'mitasi va Ozarbayjon Turizm kengashi hamkorligida tashkil etildi. Tadbir Vengriyaning 80 ga yaqin sayyohlik sanoati vakillarini birlashtirdi hamda yurtimiz sayyohlik va sarmoyaviy salohiyatini targ'ib qilish, shuningdek, O'zbekiston va Vengriya o'rtasida turizm, madaniyat va iqtisodiyot sohalarida ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashda muhim platforma bo'ldi.
Anjumanni O'zbekiston elchisi Oybek Shaxavdinov qutlov so'zi bilan ochib berdi. Diplomat mamlakatimizning turizm sohasida erishilgan yutuqlari, jumladan, viza rejimini liberallashtirish, infratuzilmani rivojlantirish, tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash va sayyohlarni jalb etish borasida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlarga alohida to'xtalib o'tdi.
Turizm qo'mitasi vakili Zebo Qayumova xalqaro hamkorlar uchun O'zbekistonning noyob madaniy merosi, tarixiy diqqatga sazovor joylari, zamonaviy sayyohlik mahsulotlari, sarmoyaviy imkoniyatlari bilan tanishtirdi.
O'zbekistonning boy tarixiy va madaniy merosi, jumladan, Samarqand, Buxoro, Xiva kabi qadimiy shaharlar, tabiiy diqqatga sazovor joylar, o'zbek xalqining mehmondo'stligiga oid videofilm namoyish etildi.
E'tiborlisi, taqdimot ishtirokchilari O'zbekistonga sayohat qilishga yuqori qiziqish bildirdi.
"Ipak yo'lining diqqatga sazovor joylari" forumi O'zbekiston va Vengriya o'rtasidagi madaniy va iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlashda muhim qadam bo'ldi. Tadbir, shuningdek, O'zbekistonning sayyohlik va sarmoyaviy salohiyatini yuksaltirish, madaniy almashinuvlarni rivojlantirish, ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash imkonini berdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Malayziya sayyohlik kompaniyalari bilan turizm bo‘yicha kelishuvlarga erishildi
Budapeshtda O‘zbekiston turizm imkoniyatlari bo‘yicha aksiya o‘tkazildi
Polshaning Reda shahrida o‘zbek turizm sohasi eʼtirof qilindi
Nemis ekspertlari O‘zbekistondagi turizm imkoniyatlarini yuqori baholadi
Goada O‘zbekiston turistik salohiyati va milliy modasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi