Logo

Buyuk Britaniyaning nufuzli telekanalida "O'zbekiston xazinalari" nomli hujjatli film namoyish etiladi

Oktabr 16, 2025. 11:10 • 30 soniya

60
Buyuk Britaniyaning nufuzli telekanalida "O'zbekiston xazinalari" nomli hujjatli film namoyish etiladi

LONDON, 16-oktyabr. /"Dunyo" AA/. Buyuk Britaniyaning ommabop "Channel 4" telekanalida "O'zbekiston xazinalari" nomli hujjatli film namoyish etilishi rejalashtirilgan, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Britaniyalik tarixchi va teleboshlovchi Bettani Xyuz bilan hamkorlikda suratga olingan film "Channel 4" telekanalida 18-oktyabr kuni 19.00da  (London vaqti bilan) efirga uzatiladi.

Unda O'zbekiston tarixi, boy madaniy merosi, qadimiy obidalari, shuningdek, mamlakatimizning sayyohlik salohiyati haqida so'z boradi.

Loyiha muallifiga ko'ra, film namoyishi O'zbekiston sayyohlik imkoniyatlarini Buyuk Britaniyada keng targ'ib qilishga xizmat qiladi.

"Channel 4" telekanalini bir vaqtning o'zida salkam 50 million kishi kuzatib boradi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish