O'zbekiston Moskvada o'tayotgan "MITT-2025" xalqaro sayyohlik ko'rgazmasida ishtirok etmoqda
Mart 20, 2025. 10:39 • 2 daq
• 146
MOSKVA, 20-mart. /"Dunyo" AA/. 18-20-mart kunlari Moskva shahrida "MITT-2025" turizm va mehmondo'stlik sanoati xalqaro ko'rgazmasi bo'lib o'tyapti, deb xabar qilyapti "Dunyo" AA muxbiri.
Unda O'zbekiston turizm qo'mitasi, "Uzbekistan Airways" va milliy sayyohlik kompaniyalari vakillari ishtirok etyapti.
Yurtimiz delegatsiyasi tomonidan O'zbekiston milliy stendi tashkil etildi. Stendda milliy an'ana va marosimlar, shuningdek, mamlakatimizning mashhur sayyohlik yo'nalishlari taqdim etilmoqda. Ta'kidlash joizki, O'zbekiston stendiga mehmonlar tomonidan yuqori qiziqish bildirilayotir. Ko'rgazmaning birinchi kunida O'zbekistonning turizm salohiyati va madaniyatiga bag'ishlangan taqdimot o'tkazildi. Unda o'zbek xalqining boy tarixi, madaniyati hamda milliy raqslarimiz va turizm turlari haqida ma'lumot berildi.
Anjuman doirasida "Uzbekistan Airways" aviakompaniyasi stendi ham taqdim etildi. Kompaniya xodimlari mahalliy biznes va turizm sohasi vakillari bilan bir qator uchrashuvlar o'tkazdi. Ularda O'zbekistonga sayyohlarni jalb qilish masalalari xususida fikr almashildi.
Qayd etish kerakki, O'zbekiston rossiyaliklar orasida qadimiy tarixi va boy madaniy merosi bilan o'ziga jalb etuvchi TOP-10 turistik yo'nalishlar qatoriga kiradi.
"MITT-2025" turizm va mehmondo'stlik sanoati xalqaro ko'rgazmasi Moskvada o'ttiz yildan beri muntazam o'tkazib kelinmoqda. Ko'rgazma xalqaro hamjamiyat tomonidan turizm va mehmondo'stlik sanoatidagi biznes muammolarini hal qilish uchun samarali V2V shaklidagi tadbir sifatida e'tirof etiladi. Har yili "MITT" Rossiya hududlari va dunyoning turli mamlakatlaridan sayyohlik sanoati mutaxassislarining eng yirik hamjamiyatini bir maydon atrofida to'playdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Chexiyada o‘zbek madaniyati va turizm imkoniyatlari namoyish qilindi
Londonda britaniyalik ekspertlar bilan tibbiy turizm istiqbollari muhokama qilindi
O‘zbekiston norvegiyaliklar uchun mashhur sayyohlik yo‘nalishiga aylanmoqda
Malayziya sayyohlik kompaniyalari bilan turizm bo‘yicha kelishuvlarga erishildi