Mart-aprel oylarida "O'zbekiston bo'ylab sayohat qil!" ichki turizm yarmarkalari o'tkaziladi
Mart 08, 2025. 14:26 • 55 soniya
• 88
TOSHKENT, 8-mart. /"Dunyo" AA/. Bahor faslining mart oyi mamlakatimizda turizm mavsumining boshlanish oyi ekanligi munosabati bilan mart-aprel oylari davomida respublika hududlarida "O'zbekiston bo'ylab sayohat qil!" ichki turizm yarmarkalari o'tkaziladi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Turizm qo'mitasi ma'lumotiga ko'ra, ushbu yarmarkalar ichki turizm yo'nalishida faoliyat yuritadigan tadbirkorlarni qo'llab-quvvatlash, turoperatorlar tomonidan ishlab chiqilgan yangi turistik mahsulotlarni namoyish etish va tanitish, turizm mahsulotlarini sotib oluvchi xaridorlarni keng jalb etish maqsadida tashkil etilmoqda.
Mazkur yarmarkalarda mingga yaqin tadbirkorlik subyektlari hamda 10 mingdan ziyod ishtirokchilar tashrif buyurishi rejalashtirilgan. Yarmarkalar doirasida yangi tashkil etilgan turistik maskanlarga info-turlar uyushtirish, B2B va B2C uchrashuvlar, muzokaralar va kelishuvlar, yangi turizm mahsulotlari taqdimotlari va sohaning turli yo'nalishlari bo'yicha muhokamalar o'tkazilishi belgilangan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi