Rossiya poytaxtida bo'lib o'tgan "Sayohat qil!" turizm forumida O'zbekiston milliy stend bilan qatnashdi
Iyun 17, 2025. 07:17 • 48 soniya
• 55
MOSKVA, 17-iyun. /"Dunyo" AA/. Shu yilning 10-15-iyun kunlari Moskva shahrida "Sayohat qil!" nomli Rossiya turizm forumi bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unda Turizm qo'mitasi, "Milliy PR markazi" va Andijon viloyati turizm boshqarmasi vakillaridan iborat O'zbekiston delegatsiyasi qatnashdi.
Mazkur forum maydonida O'zbekistonning boy madaniy merosi, sayyohlik salohiyati va yangi sayohat yo'nalishlarini qamrab olgan milliy stend tashkil etildi. Shuningdek, Rossiya bilan turizm aloqalarini mustahkamlash va O'zbekistonga yangi sayyohlar oqimini jalb etish bo'yicha bir qator uchrashuvlar o'tkazildi.
Forum doirasida Turizm qo'mitasi vakillari sanoat turizmiga bag'ishlangan sessiyada ishtirok etib, O'zbekistonning bu boradagi salohiyatini taqdim etdilar. Shuningdek, mazkur anjuman B2Bva B2Cshakllardagi uchrashuvlar uchun samarali platformaga aylandi hamda mamlakatimizning turistik brendini targ'ib qilish va Rossiya turizm sanoati vakillari bilan hamkorlik aloqalarini o'rnatishga xizmat qildi.
O'zbekiston xalq raqs ansambli jamoasi tomonidan taqdim etilgan madaniy dastur tadbir ishtirokchilariga bayramona kayfiyat ulashdi.
"Sayohat qil!" forumi – bu sayyohlik va mehmondo'stlik sanoatining asosiy tadbiridir.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Londonda britaniyalik ekspertlar bilan tibbiy turizm istiqbollari muhokama qilindi
O‘zbekiston norvegiyaliklar uchun mashhur sayyohlik yo‘nalishiga aylanmoqda
Malayziya sayyohlik kompaniyalari bilan turizm bo‘yicha kelishuvlarga erishildi
Budapeshtda O‘zbekiston turizm imkoniyatlari bo‘yicha aksiya o‘tkazildi